Fuqarolar murojaatlari – e'tiborda
2026-08-21 12:00:00 / Yangiliklar

Jondor tumanida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda.
21-avgust kuni tuman Xalq qabulxonasi binosida Jondor tuman hokimi J.Xudoyev tomonidan fuqarolar qabuli o`tkazildi.
Qabul jarayonida fuqarolarning sog‘liqni saqlash va tibbiy order ajratish, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ichimlik suvi, elektr energiyasi va ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi kommunal-infratuzilma muammolari, shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda sud-huquq masalalariga oid turli murojaatlari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik asosida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.







