13-DMTTda Milliy liboslar kuni nishonlandi
2026-08-14 14:00:00 / Yangiliklar

Jondor tumanidagi 13-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Milliy liboslar kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida tarbiyachi va xodimlar milliy liboslarda ishtirok etib, o'zbek xalqining boy madaniy merosi, urf-odat va an'analarini targ'ib qildilar. Shuningdek, bolajonlar ishtirokida dasturxonda o'tirish odobi, kattalarga hurmat, milliy qadriyatlar va odob-axloq qoidalariga bag'ishlangan suhbat hamda ko'rgazmali chiqishlar o'tkazildi.
Tadbir ishtirokchilarida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

