Jondorda yosh sportchilarga sport formalari tantanali ravishda topshirildi
2026-08-13 12:55:00 / Yangiliklar

Jondor tumanida yosh avlodni haratamalama qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va iqtidorini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida tumandagi yosh sportchilarga sport formalari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda tuman hokimligi vakillari, sport maktabi mas’ullari hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirok etishdi. Muloqot davomida mas’ullar va yoshlar o‘rtasida ochiq samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda ularni doimiy rag‘batlantirib borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirlar yakunida yoshlarga kelgusi musobaqalarda zafarlar va ulkan zafarlar tilandi.



