Yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazildi
2026-08-13 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun, Jondor tumani hokimligi binosida jondorlik yoshlar bilan amaliy muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, sohaviy tashkilot, muassasa va korxonalar rahbarlari hamda yoshlar muloqot olib bordilar.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh kadrlarning potensialidan samarali foydalanish, ularni tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga munosib joylashtirish va kasbiy kamolotga erishishlarida har tomonlama ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida mutasaddi tashkilotlar tomonidan tumandagi mavjud vakansiyalar, tuman davlat idoralari hamda xususiy sektordagi ehtiyojlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot chog‘ida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ishga joylashishdagi to‘siqlar hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion taklif va tashabbuslarini erkin bayon etdilar. Har bir murojaat va taklif soha rahbarlari tomonidan alohida e’tiborga olinib, mas’ullarga joyida tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish hamda malakali kadrlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan amaliy chora-tadbirlarni tizimli va izchil davom ettirish bo‘yicha kelshib olindi. Bu kabi muloqotlar tumanda yosh kadrlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.







