Jondor tumani hokimining o‘rinbosari X. Bafoyev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-07-14 20:20:00 / Yangiliklar

Bugun, 14-iyul kuni Jondor tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X. Bafoyev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish, “Tashabbusli budjet” jamg‘armasi doirasida yangi loyiha kiritishda amaliy ko‘mak berish, shuningdek, yashash xonadonida non pishirib sotish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun “Jondortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limidan ruxsat olish masalalariga oid murojaatlari qabul qilindi.
Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.



