Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyiha yuzasidan muzokaralar o'tkazdi
2026-07-10 12:10:00 / Yangiliklar

Bobomurod Sayidov boshchiligidagi Turkmanistonlik investorlar delegatsiyasi Jondor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar tuman hokimi J. Xudoyev bilan uchrashib, tumanda tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida "Beton mahsulotlari ishlab chiqarish" loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Muloqot chog'ida loyihani hayotga tatbiq etishning tashkiliy va amaliy jihatlari, hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari hamda investitsiya jarayonini jadallashtirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, xorijiy kompaniya vakillarining Jondor tumaniga navbatdagi tashrifi grafigi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishildi.
Mazkur investitsiya loyihasining amalga oshirilishi tumanning yangi ish o'rinlarini yaratish hamda mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
