Korrupsiya – taraqqiyot dushmani
2026-06-24 16:30:00 / Yangiliklar

Jondor tuman hokimligi binosida Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev rahbarligida “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman hududidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ullarga korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, jamoat joylari va ko‘chalar tozaligini ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.


