Jondor tumani va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
2026-05-13 16:55:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Jondor tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida 2026 yilning 10–17 may kunlari viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari amalga oshirilmoqda.
Mazkur xizmat safari doirasida delegatsiyaning Pekin, Qingdao, Xanchjou shaharlari, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining Urumchi shahri hamda Xunan provinsiyasining Chansha shaharlarida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Jondor tumani delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Guychjou shahri Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Jondor tumanining iqtisodiy salohiyati, investitsion imkoniyatlari va sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot qilinib, hududning ustuvor loyihalari yuzasidan batafsil ma`lumot berildi.
Tashrif davomida Guychjou shahrining yirik alyuminiy profil ishlab chiqaruvchi “ZHENG TE FORGING” kompaniyasiga tashrif buyurilib, korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Kompaniya rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar davomida Jondor tumanida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya Xitoyning Guychjou provinsiyasida sanoatni modernizatsiya qilish dasturi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha 30 ming tonnadan 50 ming tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etadi. Korxonada alyuminiy profillar, bosqoqlangan (forged) detallar hamda turli metall qotishmalari ishlab chiqariladi.
Shuningdek, delegatsiya tomonidan avtomobil diskalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GUIZHOU SHENCHAN ALUMINIUM CO., LTD” kompaniyasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishilib, kompaniya rahbari Guizhen Shengchang bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, korxona Xitoyning janubi-g‘arbiy hududida yengil qotishmali avtomobil diskalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan dastlabki zamonaviy korxonalardan biri hisoblanadi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha 1,5 milliondan 2 million donagacha alyuminiy qotishmali diskalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, delegatsiya черника yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “QIANJUSHENG” kompaniyasining plantatsiyalariga tashrif buyurib, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot uchun, kompaniya 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Guychjou provinsiyasining Majiang tumanida joylashgan. Ushbu hudud Xitoyda черника yetishtirish bo‘yicha eng yirik markazlardan biri hisoblanadi. Plantatsiyalarning умумий maydoni 3 ming mudan (taxminan 200 gektar) ortiqni tashkil etadi. Shuningdek, kompaniya mahalliy fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda minglab gektar maydondagi hosilni qayta ishlash uchun qabul qiladi.
Korxona yiliga o‘rtacha 1 ming tonnadan 2 ming tonnagacha yangi черника mevasini qayta ishlash quvvatiga ega. Shu bilan birga, yiliga bir necha yuz ming litr sharbat va vino ishlab chiqarish liniyalari faoliyat yuritadi. Mahsulot sifatini saqlash maqsadida korxonada bir vaqtning o‘zida 500 tonnagacha mahsulotni saqlash imkoniyatiga ega zamonaviy sovitkichli omborlar mavjud.
Yuqoridagi kompaniyalar bilan o‘rnatilgan hamkorlik yo‘nalishlarini amaliyotga joriy etish maqsadida kompaniyalar vakillaridan iborat maxsus “Ishchi guruhi” tashkil etildi. Shuningdek, kompaniya vakillari va mutaxassislardan iborat delegatsiyaning joriy yil iyun oyida Buxoro viloyati Jondor tumaniga tashrif buyurishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.





