Jondor tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-04-30 19:45:00 / Yangiliklar

Jondor tumani hokimligi majlislar zalida tuman hokimi J.Xudoyev, ma`sul rahbarlar, tijorat banklari rahbarlari hamda tumandagi texnikum bitiruvchi yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda tijorat banklari rahbarlari tomonidan yoshlarga kredit olish tartiblari, imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, bitiruvchilarga o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish, startap loyihalarni rivojlantirish va bank xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.





