Navgadi mahallasida “Shukronalik festivali”
2026-04-25 19:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Navgadi MFY hududida “Yagona Vatan, yagona xalq bilan, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Shukronalik festivali” tashkil etildi.
Mazkur festival mahalla ahli uchun unutilmas bayramga aylandi. Tadbirda mahalla aholisi, yoshlar, nuroniylar hamda turli soha vakillari faol ishtirok etib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, farovon hayot uchun shukronaliklarini izhor etdilar.
Festival dasturi rang-barang chiqishlarga boy bo‘ldi. Unda milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Shuningdek, turli madaniy-ma’rifiy dasturlar va ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkil etildi.





