"IQTIDOR" MAKTAB ANSAMBLI TANLOVI IQTIDORLARNI SARALAMOQDA
2026-04-25 14:40:00 / Yangiliklar

Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitish san’at va go‘zalikka intilishini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan "Iqtidor" maktab ansamli tanlovining Jondor tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda maktab jamoalari o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etib, milliy hamda jahon musiqasi yo‘nalishlarida chiqishlar qilishdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — 14-maktabning “Nihol” jamoasi
2-o‘rin — 8-maktabning “Istedod” jamoasi
3-o‘rin — 36-maktabning “Dutorchi qizlar” jamoasi
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.








