Ustozga ehtirom
2026-09-30 20:45:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi Xurshid Nazarov soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgan ustozlarning mehnatini e’tirof etdi.
Tumanda ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarni munosib rag‘batlantirish borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda. Bugungi kunda 73 nafar ustozning oylik daromadi ming dollardan oshadi, 13 nafar pedagog esa joriy yilda Vazir jamg‘armasidan ustama olishga muvaffaq bo‘ldi.
Quvonarlisi, 23-umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Nigora Amirova “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 616 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bayram tadbirida ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar taqdirlandi. Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.









