📌 Jomboyda 90 million dollarlik shakar zavodi qurilishiga start berildi
2026-05-25 15:15:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Xurshid Nazarov, hokim o‘rinbosari Jonibek Qodirov hamda “Sam Klim” qo‘shma korxonasi rahbari Bahodir Bobonazarov Xitoyning “Kunming KLIM Light Industry Machinery Co., Ltd” korxonasida bo‘lib, investitsiyaviy hamkorlik va qo‘shma sanoat loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida tumanimizda zamonaviy shakar ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha 90 million AQSH dollari miqdoridagi korxonani qurulishiga start berildi.
Loyihaga ko‘ra, yangi korxona ishga tushirilgach kuniga 3 ming tonna shakar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, korxonada 500 ta doimiy va mingdan ortiq mavsumiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Tomonlar uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish hamda istiqboldagi investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan ham kelishuvlarga erishdi.


