🔵 Kelajak bunyodkorlari mahorat maydonida
2026-05-26 15:10:00 / Yangiliklar
Tumanimizdagi 2-son politexnikumda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi boshlandi. Bu yerda ertangi kunning malakali mutaxassislari, tashabbuskor va intiluvchan yoshlari o‘z bilim hamda mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ushbu tanlov yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mehnatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli va izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida bilimli, izlanuvchan va kasb-hunarli yoshlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Shuningdek, ishtirokchilarni yanada faol bo‘lishga chorladi.
Ayni paytda tanlov ishtirokchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy sinovlarda o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Har bir yo‘nalishda yoshlarning kasbiy tayyorgarligi, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalari malakali hakamlar tomonidan baholanmoqda.









