📌 Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizning burchimiz
2026-05-02 17:55:00 / Yangiliklar
Tuman hokimligi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida navbatdagi “Hokimlik soati” o‘tkazildi.

Unda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davlat xizmatchilarining mas’uliyati haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
Tadbir davomida korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.


