Maktabgacha va maktab taʼlim bo‘limiga rahbar tayinlandi
2026-05-02 11:55:00 / Yangiliklar
“Kelajak markazi”da maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi R.Yuldashev hamda tuman hokimi Xurshid Nazarov qatnashdi.

Yig‘ilish davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i asosida Jangirov Ozod Joniqulovich tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
Maʼlumot uchun, O.Jangirov 1987-yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2009-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.





