Rahbar va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
2026-03-26 19:05:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi Xurshid Nazarov “Fast education” o‘quv markazida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar ustozlaridan olgan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishdi.

Samimiy ruhda kechgan suhbatda yoshlarning qiziqishlari, orzu-intilishlari bilan bir qatorda, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar ham tinglandi. Xususan, 24-umumta’lim maktabiga sport zal qurish, 23-maktabning isitish tizimini yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimi har bir masalaga alohida e’tibor qaratib, ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish ta’kidlandi.
Tadbir yakunida bir guruh iqtidorli o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Jumladan, Prezident maktabi o‘quvchisi Kumushbibi Abdurasulova hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Sardor Ubaydullayevga noutbuk berilishi ma’lum qilindi.





