Iste’dod adabiy suhbatlarda kashf etiladi
2026-02-26 13:45:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, ustoz ijodkorlar X.Abdusalomov, K.Komilova,T. Elbekova,Aziz Abdurayim hamda iqtidorli o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida kitob mutolaasining shaxs kamolotidagi o‘rni, zamonaviy axborot oqimida kitobning ahamiyati, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishning samarali yo‘llari xususida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar kitob inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashini kengaytirishi va mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishini ta’kidladi.
Tadbir jarayonida yosh ijodkorlarning she’riy mashqlari tinglanib, ular tomonidan yozilgan ijod namunalari muhokama qilindi. Ustozlar yosh qalamkashlarga she’r va hikoya yozishning o‘ziga xos jihatlari, badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalanish, mavzu tanlash va g‘oyani ochib berish borasida tavsiyalar berdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yoshlar uchun nafaqat ma’naviy ozuqa, balki yangi ijodiy izlanishlarga turtki bo‘ldi. “Yoshlar kuni” doirasida bunday uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi esa kitobxonlikni targ‘ib etish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#payshanba_yoshlar_kuni





