Van Syaolin: Jomboy tajribasini Xitoyda ham ommalashtiramiz
2026-03-13 16:05:00 / Yangiliklar

Mehmonlar dastlab, tomorqadan samarali foydalanish, xususan, malina yetishtirish orqali qo‘shimcha daromad manbai yaratish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jarayonda aholi bilan suhbatlashib, ularning kundalik mehnati va tomorqachilikdagi tajribasini ham o‘rgandi. Yetishtirgan mahsulotlarini endilikda xorijiy bozorlarga ham chiqarish borasida tavsiyalar berdi.
Shuningdek, delegatsiya Saroy mahallasida yashovchi Alisher Qurbonov xonadonida ham bo‘lib, gidroponika usulida qulupnay yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida tashkil etilgan ushbu kichik xo‘jalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
– Malina va qulupnay yetishtirishdagi mahalliy tajriba menga yoqdi. Bu yerdagi mehnat qilish tizimi va innovatsion yondashuv tahsinga loyiq. Vatanimga qaytgach, jomboyliklarning bu tajribasini yurtdoshlarimga ham o‘rganishni albatta tavsiya qilaman, – dedi professor Van Syaolin.









