Yoshlar bilan ishlashda sustkashlikka o‘rin yo‘q
2026-02-21 13:55:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida “og‘ir” toifadagi ishsiz va “otalikka” olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati, shuningdek, PQ-153-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ayrim hududlarda yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuv yetishmayotgani, samaradorlik pastligi, hujjatlarni yuritish va nazorat qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi. Mutasaddilarga mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
– Mahallada yoshlar bilan ishlashda sustkashlikka o‘rin yo‘q. Chunki har bir yoshning taqdiri jamiyatning ertangi kuni demakdir. Tizimli yondashuv, mas’uliyat va doimiy nazoratgina bu yo‘nalishda kutilgan natijani ta’minlay oladi, – dedi hokim.
Bundan tashqari, “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq shakllantirish hamda muntazam yangilab borish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.



