Halol jamiyatni halol avlod barpo etadi
2026-02-16 15:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat va jamiyat rivojiga yetkazadigan zarari haqida aniq va hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning huquqiy ongi, faolligi va befarq bo‘lmasligi muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Mashg‘ulot jarayonida yoshlar orasida halollik, adolat va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, kelajakda mas’uliyatli, vatanparvar va qat’iyatli shaxs bo‘lib voyaga yetish zarurligi haqida so‘z yuritildi.
Shu kabi ma’rifiy tadbir 2-umumta’lim maktabida ham tashkil etildi. Unda prokurorning katta yordamchisi Jasur Amonov o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, jamoatchilik nazoratining ahamiyati hamda yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.






