Maktablarda “vijdon” darsi o‘tildi
2026-02-10 17:45:00 / Yangiliklar

Tadbirlar doirasida “Halollik va to‘g‘rilik insonning oliy fazilatlari”, “Korrupsiya — poraxo‘rlik insofsiz va noqonuniy xatti-harakatlarning shakllaridan biri”, “Shaxsning ijtimoiy vazifalari va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar” kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Mashg‘ulotlarda halollik, mas’uliyat va fuqarolik burchi tushunchalari hayotiy misollar orqali yoritib berildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda izohlandi. Korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga, davlat boshqaruvi va inson taqdiriga yetkazadigan salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi. Mashg‘ulot davomida korrupsiyaviy jinoyatlarning real hayotdagi oqibatlarini aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, poraxo‘rlik va manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish yo‘llari ham tushuntirildi.


