Qorako‘l va Jizzax o‘rtasida manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
2025-09-27 16:10:00 / Yangiliklar
Bugun va ertaga Qirg‘iziston Respublikasi Qorako‘l shahri hokimligi hamda Jizzax shahar hokimligi o‘rtasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, birodarlik shaharlar munosabatlarini o‘rnatish va Qorako‘l hamda Jizzax shaharlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzish maqsadida info-tur bo‘lib o‘tmoqda.

Hamkorlik investitsiya, eksport, turizm, oliy ta’lim, yashil iqtisodiyot va boshqa sohalarni qamrab oladi.
🌍 “Qorako‘l – biznes va hayot uchun qulay” xalqaro forumida Jizzax shahar hokimligi delegatsiyasi tarkibida Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari Suyun Silliyev ishtirok etmoqda.
💬 Forum davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.




