Xitoy savdo uyushmasi vakillari bilan biznes uchrashuv o‘tkazildi
2025-09-27 14:05:00 / Yangiliklar
Bugun Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Zafar Azimov, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov va Xitoyning Chengdu shahri “Rong” savdo uyushmasi vakillari ishtirokida muhim biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida avtomobilsozlik, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro fikr almashildi.
📌Shuningdek, xitoylik tadbirkorlarga Jizzax shahri va viloyatidagi investitsion muhit, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi keng ko‘lamli biznes imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🤝 Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi rejalari haqida kelishib oldi.





