Jizzax shahrida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-09-25 14:30:00 / Yangiliklar
Bugun Jizzax shahri Politexnika institutida yoshlarning mavjud muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi maslahatchisi Sobur Murodov, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Abdulaziz Muminov, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurbayev hamda viloyatimizning faol yoshlari ishtirok etishdi.
💬 Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va muammolar yuzasidan ochiq muloqot olib bordilar. Rahbarlar tomonidan esa ularning taklif va g‘oyalari tinglanib, aniq yechimlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolarini joyida hal etishdan iborat bo‘ldi.






