Jizzax shahrida shahar hokimining shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-09-26 15:50:00 / Yangiliklar
Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy, yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan jami 20 ta murojaat bilan chiqdi.
Murojaatlar shahar hokimi tomonidan atroflicha tinglanib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Axborot xizmati





