Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-09-18 10:45:00 / Yangiliklar
Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Jo‘rayev Ulug‘bek Xudayberdiyevich tomonidan tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi fuqarolar murojaati uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida tadbirkor tomonidan bildirilgan murojaat tinglanib, uni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli amaliy choralar belgilandi.
Murojaat: Tadbirkor o‘z mahsulotlarini XT xarid savdo platformasiga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan tadbirkorning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisiga yuborilib, mahsulotlarni XT xarid savdo platformasiga joylashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Axborot xizmati


