Mahallabay oʻrganish: Muammolar tinglandi.
2026-09-18 09:15:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova va "Madaniyat" MFY “yettiligi” aʼzolari bilan birgalikdaham hududdagi ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlarida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida har bir oilaning ijtimoiy ahvoli, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Ayniqsa, xonadon egalarining bandligini taʼminlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.
Deputat va mahalla “yettiligi” hamkorligida o‘tkazilgan ushbu o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar bo‘yicha masʼul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi belgilab olindi.
Axborot xizmati


