Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, moddiy yordam, uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat alohida o‘rganilib, imkon qadar masalalarni joyida hal etish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mas’ul mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ochiq muloqot davomida aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash va fuqarolarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida. Aholi bilan ochiq va samarali muloqotni davom ettirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda
Axborot xizmati

