Jizzax shahar hokimligida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-09-07 14:30:00 / Yangiliklar
2026-yil 7-sentyabr kuni Jizzax shahar hokimligida Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S. Haydarov tomonidan fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Jumladan:
📖 1 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
📌 2 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Axborot xizmati
