Deputatlar aholi muammolarini o‘rgandi.
2026-09-07 11:00:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Abdusattarova va K.Yarmatovlar “Ittifoq” MFY fuqarolari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarni tingladi. Ushbu tadbir Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi tegishli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

Muloqot davomida mahallada yechimini kutayotgan dolzarb masalalar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha soha masʼullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Muammolarning ijobiy hal etilishi deputatlar tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.
Axborot xizmati


