XOTIN-QIZLAR BANDLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA!
2026-09-04 10:45:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati N. Shamsiyeva hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. O‘rganishlar davomida mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning istaklari, mutaxassisliklari va qiziqishlari atroflicha tahlil qilindi.

Ushbu xayrli va manzilli o‘rganishlar shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki aniq natijaga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Deputatning bevosita ko‘magi va amaliy yordami natijasida hududda yashovchi 4 nafar ishsiz xotin-qiz o‘zlariga munosib bo‘lgan doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
Hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi deputatlik nazorati va amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Axborot xizmati



