Joriy yilning 22-avgust kuni Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovning fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
2026-08-22 14:05:00 / Yangiliklar
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan jami 10 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlar shahar hokimi tomonidan atroflicha tinglanib, ularning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Axborot xizmati


