Yo‘l muammosi bartaraf etiladi
2026-04-30 10:35:00 / Yangiliklar
Jizzax shahri Oqqo‘rg‘onlik MFY hududida joylashgan tibbiyot klasteri oldidagi asfalt yo‘lning yog‘ingarchilikdan so‘ng yomon holatga kelib qolgani yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, mazkur hududdagi yo‘l qoplamasi kuchli yog‘ingarchilik ta’sirida qisman shikastlangan.
Hozirgi kunda ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda. Yaqin kunlarda yo‘l qoplamasi to‘liq tiklanib, foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladi.
Jizzax shahar hokimligi mazkur holat yuzasidan bildirilgan murojaat uchun minnatdorlik bildiradi hamda bunday masalalar doimiy nazoratda ekanligini ma’lum qiladi.
