ISTE’MOLCHI NEGA NOROZI BO‘LDI? HAQIQAT OCHILDI!
2026-04-28 16:25:00 / Yangiliklar

Mazkur murojaat Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan aloqa kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida qonun doirasida atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, ayni paytda kompaniya tizimida yuzaga kelgan nosozliklar hamda xizmat narxlaridagi o‘zgarishlar sababli bunday murojaatlar ketma-ket kelib tushmoqda.
Kompaniya bosh menejeri holat yuzasidan shunday izoh berdi: — “Biz mijozlarimizdan uzr so‘raymiz. Yuzaga kelgan texnik nosozliklar tez orada to‘liq bartaraf etiladi.”
Muammoni hal etish maqsadida murojaatchining oila a’zolari mobil raqamlariga 19.05.2026 yilga qadar pul mablag‘lari o‘tkazib berildi. Shundan so‘ng fuqaro kompaniyaga nisbatan e’tirozi qolmaganini ma’lum qildi.
Yakunda, jamiyat xodimlari ishtirokida murojaatchining talabi to‘liq qanoatlantirildi.
Jizzax shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi — G. Musinova
