Yoshlar kuni munosabati bilan Jizzax yuridik texnikumi faollar zalida shahar hokimi Komil Xolmurodov texnikum yoshlari bilan uchrashdi.
2026-04-23 14:10:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari, tashabbuslari hamda dolzarb muammolari tinglandi. Shahar hokimi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, faol va tashabbuskor yoshlar tomonidan ilgari surilgan takliflar muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Axborot xizmati


