Jamoatchilik nazorati uchun axborot Ijro intizomi yuzasidan HISOBOT (2026-yil aprel)
2026-04-23 10:50:00 / Yangiliklar

🔹 2026-yil aprel oyida “Edo.ijro.uz” tizimi orqali:
— jami 289 ta topshiriq kelib tushdi
— shundan 137 tasi bevosita shahar hokimligi mas’uliyatida
✅ 222 ta topshiriq muddatida va sifatli bajarildi
⏳ 67 ta topshiriq ijro jarayonida
🔹 Prezidentning PQ-35-son qarori doirasida:
— jami 76 ta topshiriq
— shundan 13 tasi bajarildi, 63 tasi ijroda
🔹 Viloyat hokimi topshiriqlari:
— jami 97 ta topshiriq
— 24 tasi bajarildi, 73 tasi ijroda
📌 Ijro intizomini ta’minlash maqsadida:
— kunbay kalendar grafik ishlab chiqilgan
— topshiriqlar sektorlar va mahallalar kesimida taqsimlangan
— oldindan ogohlantirish tizimi joriy etilgan
⚠️ Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar belgilanadi.
📅 Har hafta:
— dushanba kuni shahar hokimi huzurida
— juma kuni birinchi o‘rinbosar huzurida
ijro intizomi tanqidiy muhokama qilinmoqda.
🎯 Barcha topshiriqlar ijrosi kunbay va soatbay nazoratda.
Hurmatli fuqarolar, ijro intizomi — taraqqiyot va natijadorlikning asosidir.
