Jizzax shahar hokimligi xalq oldidagi mas’uliyat va hisobdorlik tuyg‘usini to‘liq anglagan holda har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
2026-03-27 12:25:00 / Yangiliklar

Xususan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda yig‘ilish bayonlarida jami 238 ta topshiriq shaharhokimligiga ijro uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan 184 tasimas’ullikdagi topshiriqlar hisoblanadi. Shundan, bugungi kunda ijromuddati yakunlangan 182 ta topshiriqlarning ijrosi to‘liq va sifatlibajarilgan, qolgan 56 ta topshiriq belgilangan tartibda ijrogaqaratilib, ijrosini sifatli ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”
PQ-468-son qaroridagi 140 ta topshiriq shahar hokimligiga ijrogaqaratilgan bo‘lib, shundan 61 tasi aynan Jizzax shahar hokimligimas’ulligidagi vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur 140 tatopshiriqdan 90 tasi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 50 tatopshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt vasifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil30-yanvardagi “2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-35-son qaroridagi 76 ta topshiriq shaharhokmligiga ijroga qaratilgan, shundan 49 tasi Jizzax shahar shaharhokimligi mas’ulligidagi vazifa hisoblanadi. Hozirgi kuda ushbu
76 ta topshiriqdan 8 tasi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 68 tatopshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt vasifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimining 2026 yilda bajarish zarur bo‘lgan jami
86 ta topshiriqlari shahar hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Vazifalarning 15 tasi to‘liq bajarilib, 71 tasi ijrosini sifatli bajarish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Shuningdek, shahar hokimining o‘rinbosarlari va tegishliligi bo‘yicha shahar korxona hamda tashkilotlar shuningdek mahalla kesimida ijroga qaratildi;
mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun yil boshidan Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyasizligi oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan xodimlarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi haqida shahar hokimi tomonidan rasmiy ogohlantirildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari shahar hokimligi tomonidan belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan eslatish, ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari Jizzax shahar hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, shahar hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
