SOLIQ NIZOLARINI SUDGACHA KO‘RIB CHIQISH TARTIBINING HUQUQIY ASOSLARI YARATILDI
2026-02-20 16:20:00 / Yangiliklar

Mazkur Farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlatsoliq qo‘mitasi tuzilmasidagi Axborot-tahlil bosh boshqarmasi— Tahlil va prognozlashtirish bosh boshqarmasiga, Soliq solishmetodologiyasi boshqarmasi — Metodologiya va soliqorganlarini modernizatsiya qilish boshqarmasiga, Axborotxizmati — Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborotbo‘limiga, Yuridik bo‘lim — Yuridik boshqarmaga aylantirildi.
Ushbu boshqarma tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalaridategishli bo‘linmalari bo‘lgan Soliq nizolarini sudgacha hal etishbo‘limi tashkil etildi.
Bu yo‘nalishdagi islohotlar keyingi bosqichda yanada izchiltus oldi. Xususan, Prezidentimizning 2018 yil 26 iyunda «Davlatsoliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Soliq nizosi — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmatiorganlari o‘rtasida yuzaga keladigan soliq solish ob’ektlarinianiqlash, soliq solinadigan bazani hisoblash, soliq va boshqamajburiy to‘lovlar stavkalarini hamda soliq imtiyozlariniqo‘llash bilan bog‘liq kelishmovchiliklar.
O‘tgan yil 9 oktabrda esa, Vazirlar Mahkamasining«O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliqto‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliqnizolarini sudgacha hal qilish kengashi faoliyatini tashkil qilishto‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bularning barchasi soliqma’muriyatchiligi sohasida amalga oshirilayotgan isohotlarningdavomiyligini ko‘rsatib turibdi.
Kengash tarkibiga
— Moliya vazirining o‘rinbosari raisligida,
— Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari,
— Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari,
— Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari,
— Soliq maslahatchilari palatasi boshqaruv raisi,
— Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliyuyushmasi kengashlari raislari,
— Buxgalterlar federatsiyasi boshqaruvi raisi,
— Advokatlar palatasi raisi vazifasini bajaruvchi kiritildi.
Xususan, Moliya vazirligi huzurida Soliq to‘lovchilar vadavlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarinisudgacha hal qilish kengashi tashkil qilindi. Kengashning asosiyvazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
— soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashda nizolimasalalar yuzasidan xulosalar chiqarish;
— soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlashdasoliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidayuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish;
— soliq nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangansoliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartarafetish bo‘yicha takliflar kiritish.
Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq bir qatorfunksiyalarni bajaradi. Xususan:
— ariza beruvchilarning davlat soliq xizmati organlaribilan soliq nizolarini sudgacha hal qilish to‘g‘risidagimurojaatlarini ko‘rib chiqadi;
— materiallarni, shu jumladan, soliq tekshirishlariga oidmateriallarni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘rihisoblanganligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi va o‘rganadi;
— soliq haqidagi qonunlarni qo‘llashning nizoli masalalaribo‘yicha xulosalar chiqaradi;
— soliq nizolarini ko‘rib chiqish davomida aniqlangan soliqhaqidagi qonunlardagi qarama-qarshiliklar va noaniqliklarnibartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Soliq nizolari, soliq solish ob’ektlarini aniqlash, soliqsolinadigan bazani hisoblash, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarstavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlarini qo‘llash bilan bog‘liqkelishmovchiliklar ko‘rib chiqish uchun Kengashga yuboriladi.
Kengash:
— qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida o‘tkazilayotgansoliq tekshiruvlari bo‘yicha;
— soliq to‘lovchi soliq nizolari bo‘yicha davlat soliqxizmati organlari qarorlari, ularning mansabdor shaxslariharakati yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilganhollarda nizolarni ko‘rib chiqmaydi.
Kengash Davlat soliq qo‘mitasining Soliq nizolarinisudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval ko‘ribchiqilgan, ko‘rib chiqish natijalari soliq nizosini hal qilish uchunKengashga murojaat qilgan soliq to‘lovchi, soliq agenti yokisoliq to‘lovchining vakilini qoniqtirmagan yoki qismanqoniqtirmagan soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi. Kengashning kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalaribo‘yicha xulosalari tavsiyaviy tusga ega.
Soliq nizosi Kengash tomonidan o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarniso‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatdako‘rib chiqiladi.
Shuni inobatga olish joizki, ayrim holatlarda soliqnizosining murakkabligiga qarab, soliq nizosi bilan bog‘liqhujjatlarni Kengash tomonidan tashkil etiladigan ishchi yokiekspert guruhlari tomonidan qo‘shimcha o‘rganish, vakolatliorganlardan xulosalar olish talab etilganda, soliq nizosini ko‘ribchiqish muddati istisno tariqasida Kengash raisi tomonidanuzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Bu haqida kengashkotibiyati tomonidan arizachiga yozma shaklda xabar qilinadi.
Kengash majlislari qoida tariqasida bir oyda kamida ikkimarotaba o‘tkaziladi. Kengash majlisi sirtdan o‘tkazilishiga yo‘lqo‘yilmaydi. Kengash faoliyati qarorlar qabul qilishda tenghuquqlilik va kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.
Kengash majlislarini rais olib boradi, rais qatnasholmaganhollarda esa — rais o‘rinbosari olib boradi. Kengash majlisiKengash a’zolaridan kamida uchdan ikki qismi qatnashayotganbo‘lsa, vakolatlidir.
Har bir soliq nizosi Kengash tomonidan majlis zaligataraflar taklif etilgan holda alohida ko‘rib chiqiladi. Kengasha’zolari taraflarning vaj va sabablarini eshitadi, taqdim etilganhujjatlarni, vakolatli organlar, mutaxassis va ekspertlarningxulosalarini o‘rganadi.
Ko‘rilayotgan soliq nizolari bo‘yicha Kengash qarorlarioddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Kengashningxulosasi tarzida rasmiylashtiriladi. Ovozlar teng bo‘lganhollarda Kengash raisining yoki Kengash majlisiga raislikqiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Kengashninghar bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘ziningalohida fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
Ko‘rib chiqilgan soliq nizolari bo‘yicha Kengashningxulosasi, u tasdiqlangan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynidasoliq nizosi taraflariga yuboriladi.
M.M.Yuldashev
Jizzax tumanlararo ma’muriy
sudining sudyasi
