Shahrimizda keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy aksiya tashkil etildi.
2026-02-18 12:50:00 / Yangiliklar

Viloyatda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” aksiyasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur tashabbus xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni doimiy ravishda o‘qish va o‘z ustida ishlashga undash, xizmat faoliyatida ma’naviy barkamollikni ta’minlashga xizmat qildi.
Aksiya viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman tashkilotlari vakillari faol ishtirok etib, o‘z bilim va mutolaa saviyasini namoyon etdilar. Ishtirokchilar tomonidan turli janrdagi adabiyotlar xarid qilinib, ushbu kitoblar kutubxona fondiga beminnat topshirildi. Bu esa nafaqat xodimlar, balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham munosib ma’naviy sovg‘a bo‘ldi.





