Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi
2026-02-18 11:40:00 / Yangiliklar

🟦🟦🟦 Tadbirda, Adliya vazirining “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi va boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari talablaridan kelib chiqib, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar, mol-mulk bo‘yicha merosga oid nizolar va ularning oqibatlari haqida qonunchilik hujjatlari asosida huquqiy tushuntirish berildi.
♻️ Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga ayni vaqtda “Ogoh bo‘ling, firibgar”, “Firibgarlikdan saqlaning” shiorlari ostida umumilliy firibgarlikka qarshi turashish aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligi ma’lum qilinib, firibgarlik jinoyatlari, ularning salbiy oqibatlari va Jinoyat kodeksida mazkur toifa jinoyatlari uchun tayinlanadigan jazo turlari haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.
✅ Shuningdek, huquqshunos xodimlar tomonidan “mahalla yettiligi” hamda mas’ullarga bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish, nizoli oilalarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida, ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasining 29.01.2026-yildagi “Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarori haqida xabardor qilinib, qarorning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirib berildi.
⌛️Tadbir yakunida, mas’ullarga mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda bu borada ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ning ijrosini sifatli ta’minlash masalalariga oid tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan ish bilan ta’minlash, mulkiy munosabatlar, meros masalasi bo‘yicha qonunchilikning mazmun-mohiyati tushuntirildi.



