Eski shahar dehqon bozorida Ramazon oyiga bag‘ishlangan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
2026-02-18 10:35:00 / Yangiliklar
Ramazon oyi munosabati bilan Jizzax shahridagi “Eski shahar” dehqon bozori hududida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari — mol, qo‘y va tovuq go‘shti, kartoshka, sabzi, piyoz, karam hamda boshqa turdagi mahsulotlar hamyonbop narxlarda savdoga chiqarildi. Shuningdek, un, makaron mahsulotlari, o‘simlik yog‘i va boshqa iste’mol tovarlari ham xaridorlarga arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilinmoqda.
Savdo rastalari bayramona ruhda bezatilib, Ramazon oyining fayzli muhitini aks ettiruvchi yozuv va bezaklar bilan jihozlangan. Mahsulotlar tartibli joylashtirilgan bo‘lib, narxlar ochiq ko‘rsatib qo‘yilgan. Bu esa fuqarolarga qulay va shaffof savdo muhitini yaratmoqda.




