RASMIY MUNOSABAT
2026-02-03 16:00:00 / Yangiliklar

Videoda aks ettirilgan hudud Jizzax shahri, M. Ulug‘bek MFY, Zomin ko‘chasiga tutash hududda joylashgan bo‘lib, mazkur yer maydoni “Fayz Kapital Servis” MChJning kadastr hujjatlari asosida qonuniy egaligida hisoblanadi.
Ushbu hududda barpo etilgan savdo ayvonlari MChJning kadastr bo‘yicha ajratilgan yer maydonida joylashgan bo‘lib, Zomin ko‘chasining qatnov qismi yoki piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ymagan.
Shuningdek, Zomin ko‘chasi shahar hokimligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan to‘liq tozalanib, yangidan asfalt qoplamasi yotqizilgan hamda aholi yurishi va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratilgan.
Shahar hokimligi tomonidan jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligi va aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari doimiy nazoratda saqlanadi. Qo‘shimcha ravishda, fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari davom ettiriladi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
