RASMIY MUNOSABAT
2026-02-13 16:30:00 / Yangiliklar

Jizzax shahar hokimligiga ijtimoiy tarmoqlar orqali Alisher Navoiy mahallasidan Fidokor ko‘chasiga burilgandan so‘ng 200 metr masofada kovlangan hudud yuzasidan kelib tushgan murojaat atroflicha o‘rganildi.
Aniqlanishicha, mazkur hududda vaqtinchalik yuzaga kelgan nosozlik sababli yo‘l qoplamasida kovlash ishlari amalga oshirilgan. Natijada haydovchilar uchun noqulaylik va tirbandlik yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirgi kunda mas’ul tashkilotlar tomonidan mazkur hududda yo‘lni tiklash va tekislash ishlari boshlab yuborildi. Harakat xavfsizligini ta’minlash hamda transport vositalari uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ishlar qisqa muddatlarda yakunlanishi ta’minlanadi.
Jizzax shahar hokimligi
Axborot xizmati
