Til – millat ko‘zgusi!
2025-12-23 15:25:00 / Yangiliklar
Davlat tiliga bo‘lgan e’tibor — bu millatga, tarixga va kelajakka bo‘lgan hurmatdir. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni, Prezidentning 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-son Farmoni, 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash bugungi kunda muhim ustuvor vazifalardan biridir.

Mazkur hujjatlar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida shahar hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi S. Sherqo‘ziyeva tomonidan tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish holatlari reja asosida o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. Xususan, me’yoriy hujjatlar, elektron dasturlar, binolardagi peshlavha va axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.





