Jizzaxda o'zgacha bayram shukuhi
2025-12-20 20:45:00 / Yangiliklar
Jizzax shahri markaziy bayram archasining tantanali ochilish marosimi yig'ilganlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo'ldi.

Opoq qor bilan qoplangan manzara, sovuq qish havosi va poytaxtdan tashrif buyurgan san'atkorlarning chiqishlari bir-biri bilan uyg'unlashib, tadbir ishtirokchilarida iliq va samimiy taassurot qoldirdi.






