Jizzax shahrida sanoat korxonalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda
2025-11-24 17:30:00 / Yangiliklar
Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov “Nurliobod” mahallasida joylashgan “Me'yor tamir” MCHJ temir shkaflar ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud texnologik imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda xavfsizlik talablari ijrosi batafsil o‘rganildi.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida aniq vazifalar belgilandi.
Mazkur tashrif Jizzax shahrida sanoatni rivojlantirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil ishlar davom etayotganidan dalolat beradi.






