Paxtakor tumanida obodonlashtirish ishlari qizg‘in pallada
2025-01-05 08:00:00 / Yangiliklar
Topshiriqlar asosida Samarqand mahallasida ham obodonchilik ishlari davom etmoqda.
Mahallada 36 ta ikki qavatli uy-joylar bo‘lib ularning aksariyatining fasad va tom qismi o‘tgan yili yangilangan. Qolgan 4 ta uylarning ham fasad qismida suvoq ishlari olib borilyapti. Uy oldilari ham ortiqcha qurilishlardan tozalanib tekislanmoqda. Har ikkita uyda yashovchilar uchun alohida tandirxona, sanuzellar tashkil etiladi. Uylar atrofida 7 ta bollar o‘yingohi bo‘ladi. Mahalladan o‘tuvchi katta kanaldan suv tortilib yashil bog‘lar tashkil etiladi. Buning uchun uylar oldiga manzarali ko‘chatlar ekildi. Suvonobod mahallasida yashovchi aholining murojaatidan so‘ng Lolazor ko‘chasining qarib 400 metr ta’mirtalab qismiga shag‘al yotqizildi. Bugun tumandagi har bir hududida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Obodonlashtirish ishlarida aholi ham faol bo‘lib, o‘zlari yashayotgan hududlarni tozalash ishlarida jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Jumladan, markaziy bozor va uning atrofida ham. Umumiy qilib aytganda ana shunday obodlik har bir xonadonlarga ham kirib borsa yana ham yaxshi bo‘lardi. Zero tozalik bor joyda qut barka bo‘ladi.