JIZZAX SHAHRI ARIQLARI CHIQINDILARDAN TOZALANMOQDA
2025-01-04 08:00:00 / Yangiliklar
Xususan, Jizzax shahar hududidagi kanal va ariqlarni tozalash ishlari ham jadallik bilan davom ettirilmoqda.Jizzax shahar hududidan oqib o‘tgan 37 kilometr uzunlikdagi kanal va ariqlarni tozalash ishlariga viloyat Yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi, Infratuzilmani rivojlantirish injinering kompaniyasi davlat muassasasi viloyat bo‘linmasi, viloyat qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, viloyat Suv-oqova, viloyat hududiy gaz ta’minoti, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Avtoyo‘l xizmati boshqarmalari jalb qilindi. Jizzax shahri hududidan oqib o‘tgan “Quliniyoz” bosh kanali, “Qangli” kanali, “Cho‘lmulkanlik-1” va “Cho‘lmulkanlik-2” ariqlarini tozalashda 12 dona ekskavator, 22 dona yuk tashuvchi samosvallar va 119 nafar ishchilar mehnat qilishdi. Olib borilgan ishlar natijasida besh kilometrdan ortiq kanal va ariqlar tozalanib, uch tonnadan ko‘proq chiqindilar olib chiqildi. Shu o‘rinda Jizzax shahri va tumanlardagi aholidan ariq va kanallarga turli xil chiqindilarni tashlamaslik so‘raladi. Zero tozalikni avvalo o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Biz bu mavzuga yana qaytamiz.