Jizzaxda kanalizatsiya tizimini rivojlantirish loyihasi yakunlandi
2024-12-25 08:10:00 / Yangiliklar
Loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari:
Kunlik quvvati 30 ming m³ oqova suv tozalash inshooti qurildi.
126,5 km kanalizatsiya tarmoqlari tortildi va rekonstruksiya qilindi.
7 ta oqova suv nasos stansiyasi qurildi va modernizatsiya qilindi.
Natijalar:
Jizzax shahrida oqova suv xizmatlari qamrovi 70% ga yetdi.
Shahar va Sharof Rashidov tumanining 146 ming nafarga yaqin aholisi kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Hududning sanitariya-epidemiologik holati sezilarli darajada yaxshilandi.
Tantanali ochilish marosimida "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi Axmad Suvankulov, mutasaddilar, hokimlik vakillari hamda xalq vakillari ishtirok etdi. Ushbu loyiha hudud infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.